Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birjada benzin narxi yana ko‘tarildi
O‘tgan hafta davomida, ya'ni 5–11 aprel kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi"ning barcha savdo platformalarida 1,74 trln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 23,1 foizga ko‘p.
Birja savdolariga 32 328,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 16 797,4 tonnasi, ya'ni 51,9 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 36 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sotuvchi korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun 6,24 mln so‘mdan 6,30 mln so‘mgacha yoki 1,0 foizga ko‘tarishdi. Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi ham 6,24 mln so‘mdan 6,30 mln so‘mgacha, ya'ni 1,0 foizga ko‘tarildi.
O‘tgan haftada AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6,24 mln so‘mni, AI-91 – 7,38 mln so‘mni tashkil etdi.
Turli manbalarda keltirilishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
29 mart - 4 aprel kunlari ham AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6,27 mln so‘mdan 6,28 mln so‘mgacha, ya'ni 0,2 foizga ko‘tarilgandi.
Ma'lumot uchun, 2020 yil 1 maydan boshlab AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi, shu jumladan EKO markali dizel yonilg‘isi chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan. Neftni qayta ishlash zavodlari ularni faqat birja savdolari orqali sotadi.
Mavzuga oid
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
15:24 / 01.07.2026