Jahon | 21:52 / 13.04.2021
4265
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiyada karantin choralari kuchaytirilganini e'lon qildi

Yangi choralar 14 apreldan kuchga kiradi.

Foto: Getty Images

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli mamlakatda karantin choralari kuchaytirilishini e'lon qildi.

 «Endi soat 19:00 dan 05:00 gacha ko‘chaga chiqish taqiqlanadi. Shuningdek, fuqarolarimizning zarur bo‘lmasa shaharlararo safarga chiqishini to‘xtatib turishga qaror qilindi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Gercek Gundem.

Bundan tashqari, fitnes-klub va sport muassasalari faoliyati to‘xtatiladi, qahvaxona va restoranlar faqat taom yetkazib berish usulida ishlaydi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi.

 Yangi choralar 14 apreldan kuchga kiradi.

 Worldometer sayti ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 3,9 milliondan oshgan, 34,1 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid