AQSh prezidenti Rossiya tahdidi tufayli favqulodda vaziyat rejimini e'lon qildi
AQShda bunday favqulodda vaziyat rejimlarini joriy etish mamlakat prezidentiga u yoki bu muammoni hal qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilish imkonini beradi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning "zarar yetkazuvchi harakatlari" tufayli favqulodda vaziyat rejimini joriy etdi.
"Men, AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya hukumatining zarar yetkazuvchi mazkur harakatlari, jumladan, AQShda erkin va halol saylovlar o‘tkazilishiga xalaqit berish (...) milliy xavfsizlikka, AQSh tashqi siyosati va iqtisodiyotiga g‘ayrioddiy va yuqori darajada tahdid uyg‘otadi deb hisoblayman. Shu bois bu tahdidga qarshi kurashish uchun milliy favqulodda vaziyat rejimini e'lon qilaman", - deyiladi Amerika rahbarining farmonida.
AQShda bunday favqulodda vaziyat rejimlarini joriy etish mamlakat prezidentiga u yoki bu muammoni hal qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilish imkonini beradi.
Hozirda AQShda 30dan ortiq ana shunday rejimlar amal qiladi.
Payshanba kuni AQSh hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilganini e'lon qildi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024