Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ayol sudya zo‘ravonlikka uchradi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining ayol sudyasi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda zo‘ravonlikka uchragani to‘g‘risida xabar berilmoqda. U ekspert hamrohligida nizoli xonadonni o‘rganayotganda telefoni ishga aloqasi bo‘lmagan shaxs tomonidan tortib olinib, sindirilgan, o‘zi esa haqorat qilingan.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 13 aprel kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining ayol sudyasi Farg‘ona tumani, «Ilg‘or» MFY Saxovat ko‘chasidagi nizoli xonadonga ekspert bilan borib, holatni joyida o‘rganayotgan vaqtida, sudyaga fuqarolik ishiga aloqador bo‘lmagan shaxs jismoniy kuch ishlatib, uning qo‘lida bo‘lgan mobil telefonini tortib oladi va yerga urib sindiradi. Bundan tashqari, ushbu shaxs sudyani haqoratlaydi. Natijada nizoli ish bo‘yicha tayinlangan ekspertiza o‘tkazilmay qoladi.
Sudyalar oliy kengashi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirib, holat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘rganilayotganini, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026