Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Afg‘onistondagi missiyasi uchun 12 mlrd yevro sarflagani ma'lum qilindi
Statistikada Germaniya har yili insonparvarlik va infratuzilma loyihalariga ajratadigan mablag‘ hisobga olinmagan.
Foto: DPA
Germaniya 2001—2020 yillar davomida Afg‘onistondagi missiyasi uchun 12 mlrd yevro sarfladi. Bu haqda DPA agentligi xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, eng ko‘p xarajat 2010—2012 yillarda, Afg‘onistonda 5 mingga yaqin nemis harbiy xizmatchisi joylashtirilgan davrda qilingan.
Shu bilan birga, statistikada Germaniya har yili insonparvarlik va infratuzilma loyihalariga ajratadigan mablag‘ hisobga olinmagan. Ushbu mablag‘lar evaziga 1,4 ming kilometr yo‘l qurilgan, 293ta maktab va 51ta shifoxona barpo etilgan.
NATO 1 maydan Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishga tayyorlanmoqda.
Hozirda Afg‘onistonda mingga yaqin germaniyalik harbiy joylashgan.
Mavzuga oid
13:18
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
10:40
Germaniya va Italiya hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi
09:58
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
09:12