Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX Oyga astronavtlarni olib borish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritdi
SpaceX NASA shartnomasini qo‘lga kiritdi. Kompaniya «Artemida» dasturi doirasida Oyga astronavtlarni qo‘ndirish uchun qo‘nish modulini yaratadi
Foto: SpaceX
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi astronavtlarni Oyga olib borish bo‘yicha NASA shartnomasini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda kosmik agentlik.
Shartnomaga Amazon asoschisi Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi ham da'vogarlik qildi, u Lockheed Martin, Northrop Grumman va Draper bilan sa'y-harakatlarni birlashtirdi.
Ammo, natijada 2,89 milliard dollarlik shartnoma SpaceX’ga berildi. Kompaniya «Artemida» (Artemis) dasturi doirasida Oyga astronavtlarni qo‘ndirish uchun qo‘nish modulini loyihalashtiradi va quradi.
Dasturning birinchi bosqichi 2021 yilga mo‘ljallangan. Uning doirasida Space Launch System raketasida o‘rnatilgan Orion kosmik kemasining Oy atrofida parvozi va Yerga qaytishi rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichda, 2023 yilda kema ekipaj bilan Oy atrofida parvoz qiladi. NASA sun'iy yo‘ldoshiga qo‘nishning o‘zi 2024 yilga mo‘ljallangan.
«Artemida» kosmik dasturi AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. Uning maqsadlaridan biri - birinchi ayolni sun'iy yo‘ldoshga yuborish. NASA’ning umid qilishicha, ushbu dastur Oyda doimiy aholi punktini yaratishga qo‘yilgan qadam bo‘ladi.
Ushbu kosmik dasturga Yevropa kosmik agentligi (ESA), Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va boshqa qator mamlakatlar ham qo‘shildi. Rossiya AQSh bilan qo‘shma dasturda ishtirok etishdan bosh tortdi.
Mavzuga oid
07:36 / 26.12.2025
2026 yil prognozi: dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyalar
09:45 / 08.11.2025
Starlink Markaziy Osiyoda sun’iy yo‘ldosh aloqasini rivojlantirish bo‘yicha Veon bilan kelishuv tuzdi
11:14 / 14.10.2025
SpaceX Starship'ning 11-sinovini muvaffaqiyatli yakunladi
18:26 / 02.10.2025