Jahon | 18:31 / 20.04.2021
5377
1 daqiqa o‘qiladi

Honor yangi Play 5T Life smartfonini taqdim etdi

Smartfon 6 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotiraga ega. U 27 apreldan Xitoyda sotuvga chiqadi.         

Honor kompaniyasi MediaTek Helio P35 platformasiga qurilgan yangi Play 5T Life smartfonini taqdim etdi.  

Smartfon 27 apreldan Xitoyda sotuvga chiqadi. Uning narxi 200 dollar atrofida.

Qurilma 8 yadroli ARM Cortex-A53 protsessori va IMG PowerVR GE8320 grafik protsessori bilan jihozlangan. Smartfon 6 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotiraga ega. Akkumulyator sig‘imi 5000 mA/s.

Smartfon 6,6 dyuymli HD+ displey va 8 megapikselli old, 13 megapikselli orqa, 5 megapikselli keng burchakli kamera va 2 megapikselli makroobektivga ega. Barmoq izlari skaneri smartfonning o‘ng qirrasida joylashgan.

Mavzuga oid