Samarqandda mast ota farzandini ko‘rsatishni xohlamagan sobiq qaynonasini o‘ldirdi
Samarqand viloyati Samarqand tumanida spirtli ichimlik ta'sirida mast bo‘lgan ota farzandini ko‘rsatishni xohlamagan sobiq qaynonasini o‘ldirgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 19 aprel kuni Past Darg‘om tumanida yashovchi A.B. mast holatda sobiq turmush o‘rtog‘i Sh.R.ning Samarqand tumani, «Qaynama» mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyiga farzandini ko‘rishga borganda, qaynonasi A.G. uning farzandi bilan uchrashishiga qarshilik qilgan.
Shundan so‘ng ular o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida A.B. o‘zi bilan olib kelgan o‘roq bilan marhumaning ko‘krak va bel sohalariga qasddan urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda A.G. hodisa joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, voqea joyiga viloyat prokurori R.Masharipov, uning birinchi o‘rinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanayev, tuman IIB boshlig‘i A.Toshev hamda boshqa tezkor-tergov guruhi a'zolari yetib borishgan.
Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u himoya huquqi ta'minlangan holda Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Ta'kidlanishicha, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.
Samarqandda alimentdan qarz bo‘lgan ota 67 million so‘m qarzini to‘ladi va farzandlariga uyini berdi
Mavzuga oid
20:16 / 19.10.2024
Tundagi o‘q ovozi – Chortoqdagi qotillik tafsiloti
16:15 / 17.10.2024
Bir jinoyat tarixi: qotillik qurboni bo‘lgan 72 yoshli aktrisa
02:30 / 15.10.2024
Germaniyada 50 yil oldin qotillik sodir etgan ofitserga hukm o‘qildi
10:32 / 14.10.2024