Samarqand viloyati Past Darğom tumanida alimentdan qarz bölgan ota 51 million söm tölab berdi. Bu haqda MIB viloyat boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, fuqarolik işlari böyiça Past Darğom tuman sudi qarori bilan fuqaro O.T.dan undiruvçi N.T. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta'minoti uçun, daromadining törtdan bir qismi miqdorida aliment va farzandi uç yoşga tölgunça moddiy ta'minot undiriş belgilangan.
Bu holat böyiça Majburiy ijro byurosi Past Darğom tuman bölimi tomonidan ijro işi yuritilgan. Ammo qarzdor ota ançadan buyon aliment tölovlarini tölamasdan kelgan.
Şundan söng MIB Past Darğom tumani bölimi xodimlari qarzdor O.T. bilan tuşuntiriş işlari ötkazgan.
Tuşuntirişlardan öziga töğri xulosa çiqargan qarzdor ota şu kuni farzandi ta'minotini öylab, 7 yillik aliment puli bölgan 44 million 580 ming söm, moddiy ta'minot uçun 6 million 725 ming söm – jami 51 million 300 ming söm pulni tölab bergan.
Bulunğurlik ota farzandining alimenti uçun 200 million söm tölab berdi

















