Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortiladi
O‘zbekistonda 11 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida 11 nafar sudyani intizomiy jazoga tortishga rozilik berildi.
Qayd etilishicha, ularning barchasi odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonunchilikni buzgani, shuningdek, sud ishini tashkil etishdagi beparvoligi uchun shunday choraga loyiq, deb topildi.
“Jazosi naqd bo‘lganlarning 7 nafari fuqarolik, 3 nafari jinoyat va 1 nafari iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar sudyalari hisoblanadi”, deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, 2020 yilda korrupsiyada ayblanib sudlangan sud va hokimiyat xodimlari soni ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:46 / 11.06.2026
Noqonuniy qurilishlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
07:36 / 07.05.2026
Qonun talablarini buzgan ikki nafar sudya ishdan bo‘shatildi
11:32 / 20.04.2026
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi
09:02 / 28.03.2026