Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda bojxona postidan olib o‘tilayotgan qalbaki avto raqamlar aniqlandi
Andijon viloyati “Do‘stlik” chegara bojxona postida bojxonachilar tomonidan avtotransport vositalarining “qalbaki” davlat raqamlari fosh etildi.
Qo‘shni respublika hududidan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro S.M. boshqaruvidagi “Volvo FH” rusumli avtotransport vositasi sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilganda, transport vositasining salon qismida, haydovchi o‘rindig‘i orqasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, noqonuniy yo‘llar bilan tayyorlangan 4 dona “40A770AA”, 2 dona “40A234AA” hamda 2 dona “01A755AA” qalbaki davlat avtoraqamlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq, Andijon viloyatida bojxonachilar «Nexia»da kuchli ta'sir qiluvchi dorilar olib kirayotgan erkakni to‘xtatib qolganligi haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
17:00 / 26.03.2026