Andijon viloyatida bojxonaçilar «Nexia»da kuçli ta'sir qiluvçi dorilar olib kirayotgan erkakni töxtatib qoldi. 

Ma'lum qilinişiça, Andijon viloyatida fuqaro M.M. boşqaruvidagi «Nexia» maşinasi töxtatilib, belgilangan tartibda közdan keçirilgan. Avtomobilning yukxonasida fuqaro M.M.ga tegişli bölgan, umumiy qiymati 66,5 million sömlik xorijda işlab çiqarilgan 770 dona «Lirika 300 mg» nomli va 560 dona «Regapen 300 mg» nomli kuçli ta'sir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq, Andijonda xorijdan Özbekistonga olib kelingan qalbaki dollarlar aniqlanganligi töğrisida xabar bergan edik.