Jahon | 17:07 / 22.04.2021
2801
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika va Polshada soxta Pfizer vaksinalari sotilganligi aniqlandi

Meksikadagi klinikada 80 nafarga yaqin kishi soxta vaksinaning bir dozasini qariyb ming dollardan sotib olgan.

Foto: PFIZER

Meksika va Polshada Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinalari soxtalashtirilgani aniqlandi, deb xabar berdi The Wall Street Journal.

Nashrning ma'lumot berishicha, Meksikadagi klinikada 80 nafarga yaqin kishi soxta vaksinaning bir dozasini qariyb ming dollardan sotib olgan. Meksikada aniqlangan flakonlar soxta markirovkaga ega bo‘lgan.

Polshada aniqlangan flakonlarda esa ajin tushishiga qarshi vosita bo‘lgan, deb yozadi gazeta. Polsha hukumati mamlakatda hech kim soxta vaksina bilan emlanganini ma'lum qildi.

Polsha va Meksikada aniqlangan barcha soxta vaksinalar musodara qilingan. O‘z navbatida, Pfizer kompaniyasi ularning soxtaligini tasdiqlagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid