Jahon | 10:57 / 25.04.2021
11209
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada neft tankeriga drondan zarba berildi 

Foto: facebook.com

Suriyaning Baniyos shahri yaqinida turgan neft tankeriga drondan zarba berildi. SANA axborot agentligining xabar berishicha, buning oqibatida kemada yong‘in chiqqan

Kema Livan suv hududi tomondan 2ta snaryad bilan o‘qqa tutilgan. Snaryadlardan biri kemaning tumshuq qismiga tegib, unga katta zarar yetkazmagan. Biroq ikkinchi snaryad palubaga tushib, jiddiy talafotga olib kelgan. 

Ayni vaqtga kelib yong‘inni to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. 

Ta'kidlanishicha, hujum oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. 

Al-Hadath telekanalining xabar berishicha, hujumga Eron tankeri uchragan bo‘lishi mumkin.     

Bu orada Al-Mayadeen telekanali Damashq tankerga Isroil droni yordamida zarba berilgan deb hisoblayotganini ma'lum qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid