Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Muhammad Yusuf tavallud topgan kun keng nishonlanmoqda
Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomi bilan ataluvchi ixtisoslashtirilgan ijod maktabida shoir tavalludining 67 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi raisi, shoira Xurshidabonu Qo‘chqorova, shoirning rafiqasi Nazira As-Salom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Saodat» jurnali bosh muharriri Munavvara Usmonova va boshqalar Muhammad Yusufning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritdi.


Adabiy kecha davomida turli kasb egalari ishtirokida shoir ijodiga oid chellenj o‘tkazildi. U yozgan she'rlar o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, Marhamat tumanining Qovunchi qishlog‘ida shoir tug‘ilib o‘sgan xonadonda shoir xotirasiga bag‘ishlab qo‘y so‘yib, ehson qilindi. Muhammad Yusuf ta'lim olgan maktabda ilmiy-konferensiya tashkil etildi.

Shoirning «»Uy muzeyi»ni ziyorat qilish uchun viloyatning barcha tumanlaridan, qo‘shni viloyatlardan ham muxlislar tashrif buyurmoqda.

Bugun oqshom Andijon shahridagi shoir nomi bilan ataluvchi xiyobonda Muhammad Yusuf she'rlariga aytilgan qo‘shiqlardan iborat konsert dasturi namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.





Mavzuga oid
16:07 / 07.04.2026
“Bu qarz deyiladi. Bilasiz-a?” – Andijon viloyati hokimining qo‘lga olingan o‘rinbosari
18:00 / 15.12.2023
Qamoqxonadagi noma’lum yozuvchi hikoyasi
20:29 / 26.04.2022
Sen qachon o‘zingni taniysan, elim? - Muhammad Yusuf haqida xotiralar
12:24 / 06.04.2022