O‘zbekiston | 07:42 / 26.04.2021
4918
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun respublikaga issiq havo massalari kirib kelishi davom etadi 

Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni respublika hududiga iliq va quruq havo massalari kirib kelishi davom etadi, buning hisobiga ayrim tumanlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduz kungi harorat 27-30 daraja issiqqa, janubda va cho‘l hududlarida 30-35 daraja issiqqacha yetadi

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 27-29 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid