Shoyguning Tojikiston va O‘zbekistonga tashrifiga izoh berildi
Ma'lumot berilishicha, "Shoyguning Dushanbe va Buxoroda hamkasblari bilan olib borgan muzokaralarida Markaziy Osiyoda Afg‘onistondagi voqealar ta'sirida yuzaga kelayotgan vaziyatga urg‘u berilgan".
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Tojikiston va O‘zbekistonga tashrifi Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishi fonida bu mamlakatda vujudga kelayotgan vaziyat borasidagi xavotirlar bilan bog‘liq. Bu haqda "Interfaks" harbiy-diplomatik manbaga tayanib xabar berdi.
Diplomatning ma'lumot berishicha, "Shoyguning hamkasblari bilan Dushanbe va Buxoroda olib borgan muzokaralarida Markaziy Osiyoda Afg‘onistondagi voqealar ta'sirida yuzaga kelayotgan vaziyatga urg‘u berilgan".
"AQSh prezidenti Jozef Baydenning Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishini e'lon qilishi Markaziy Osiyoda ekstremizm va mintaqa davlatlaridagi vaziyatning beqarorlashuvi uchun qo‘shimcha manba bo‘ladi", - deb ta'kidlagan agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 27 aprel kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan KXShT mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida bu muammoga alohida e'tibor qaratilgan.
26-27 aprel kunlari Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ishchi tashrif bilan Dushanbeda bo‘ldi va Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar havo makonidagi chegaralar himoyasini kuchaytirish uchun Rossiya va Tojikistonning havo hujumidan mudofaa bo‘yicha birlashgan mintaqaviy tizimini yaratish to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini tayyorlagan.
28 aprel kuni Sergey Shoygu Buxoro shahrida O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ta'kidlanishicha, Rossiya va O‘zbekiston birinchi marta harbiy sohada sherikchilik dasturini ishlab chiqadi. Dastur ikki mamlakatning 2021—2025 yillarda harbiy sohadagi o‘zaro aloqalarini tizimli holga keltirishga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024