O‘zbekiston | 21:35 / 29.04.2021
3545
1 daqiqa o‘qiladi

San'at va madaniyat instituti hamda davlat konservatoriyasi karantinga yopildi

Foto: O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti ayrim talabalarda koronavirus aniqlangani sababli karantinga yopildi. O‘quv jarayonlari masofaviy shaklga o‘tkazildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi yurituvidagi Telegram-kanalida ma'lum qilindi.

«O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida ayrim talabalarda COVID-19 kasalligi aniqlanganligi sababli o‘quv jarayonlari 2021 yilning 28 aprelidan boshlab 14 kunga (11 mayga qadar) masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi», – deyiladi xabarda.

Vazirlik matbuot xizmati vakilining Kun.uz’ga bergan ma'lumotiga ko‘ra, 27 apreldan shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ham masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgan.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid