O‘zbekiston | 10:57 / 30.04.2021
921
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada koronavirusga qarshi emlanganlar 100 ming nafardan oshdi

Emlash jarayoni boshlangandan buyon, bugungi kungacha viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 105 158 nafarga yetdi. 

2021 yilning 29 aprel kuni Farg‘ona viloyati hududlari bo‘ylab  jami 16 838 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlandi. Bugungi kungacha viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 105 158 nafarga yetdi. Bu haqda Kun.uz’ga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, 29 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni O‘zbekiston tumani (2384 nafar), Oltiariq tumani (1424 nafar), Quva tumani (1364 nafar) band qilgan. Emlanganlar orasida jiddiy asoratlar va nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid