O‘zbekiston | 08:27 / 30.04.2021
8003
2 daqiqa o‘qiladi
Prezident qarori bilan ikkita xalqaro shartnoma tasdiqlandi
Prezidentning “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2012 yil 5 sentabr kuni imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi hukumati o‘rtasida Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston xavfsizligini ta'minlash, uni barqarorlashtirish va qayta tiklash bo‘yicha sa'y-harakatlardagi ishtiroki munosabati bilan Afg‘onistondan O‘zbekiston hududi orqali olib ketiladigan yuklarning quruqlikdagi tranzitini "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasini majburiy tartibda jalb qilgan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnoma;
- 2012 yil 5 sentabr kuni imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi hukumati o‘rtasida Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston xavfsizligini ta'minlash, uni barqarorlashtirish va qayta tiklash bo‘yicha sa'y-harakatlardagi ishtiroki munosabati bilan motorli zirhlangan (qurol-aslaha bilan jihozlanmagan) transport vositalarining Afg‘onistondan O‘zbekiston hududi orqali tranzitini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnoma.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.
Bitim istiqbolda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining huquqiy asoslarini saqlab qolish uchun muhim maqsad va yo‘nalishlarni qamrab oladi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada davom ettirish, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Mavzuga oid
23:36 / 20.11.2024
Britaniyalik fermerlar yangi meros solig‘i bekor qilinishini talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazdi
21:14 / 20.11.2024
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan cheklash masalasi ko‘rib chiqiladi
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:53 / 20.11.2024