Jahon | 20:06 / 30.04.2021
4455
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada «Sputnik V» vaksinasini qo‘llashga ruxsat berildi

28 aprel kuni Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxritdin Koja respublika 50 million doza «Sputnik V» vaksinasi sotib olishini ma'lum qilgandi. 

Turkiya koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi. Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondining ma'lum qilishicha, Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi vaksinadan favqulodda foydalanishga ruxsat bergan.

Ta'kidlanishicha, Turkiyada «Sputnik V»dan foydalanish «ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolish, virus tarqalishining oldini olish, aholida uzoq muddatli immunitet hosil qilish imkonini beradi».

28 aprel kuni Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxritdin Koja respublika 50 million doza «Sputnik V» vaksinasi sotib olishini ma'lum qilgandi

Turkiyada oxirgi vaqtda koronavirus tarqalishi sur'ati tezlashdi. Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 29 apreldan 17 maygacha lokdaun e'lon qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid