Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyatida yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi
O‘zbekistonda masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi. Surxondaryo viloyati Uzun tumani Yangihayot mahallasida qurilgan yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan Uzun tumani Yangihayot mahallasida qurilgan yangi «Domullo Mahmud» jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi masjidlar soni bittaga ko‘payib, 2089ta bo‘ldi. Surxondaryo viloyatidagi masjidlar soni esa 121taga yetgan.
Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
18:26 / 20.05.2026