Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Afinadagi bosh konsulxonasi yopiladi, Shvetsiyada elchixona ochiladi
O‘zbekiston Respublikasining Afina shahridagi bosh konsulxonasi yopilib, Shvetsiya qirolligida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi.
Tashqi ishlar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi Yusuf Qobiljonov 5 may kuni matbuot anjumani o‘tkazdi.
Anjumanda 2021 yil birinchi choragida vazirlik tomonidan qilingan ishlar haqida ma'lumot berildi. Qobiljonov, shuningdek, avvalroq Kun.uz tomonidan vazirlikka yuborilgan savolga ham javob berib o‘tdi.
«Haqiqatan ham, Afina shahridagi O‘zbekiston bosh konsulxonani yopish va Shvetsiya qirolligida O‘zbekiston elchixonasini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2021 yil aprel oyida ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori qabul qilingan.
Shuningdek, Gretsiya bilan doimiy ravishda diplomatik, savdo iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish va ushbu mamlakat bilan hamkorlikni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi zimmasiga yuklatildi», – dedi TIV rasmiy vakili.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026