O‘zbekiston | 07:57 / 06.05.2021
19616
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlanadi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

Hujjatga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari 2021 yil 1 avgustdan boshlab ko‘rsatiladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolar quyidagilar hisoblanadi:

  • nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar, OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalar;
  • yoshidan qat'i nazar ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a'zolari.

Ularga davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi. Nafaqa puli nafaqa yetkazib berish yuklangan tashkilot tomonidan to‘lanadi.

Nafaqalar tayinlash tasdiqlangan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Quyidagilar davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

  • murojaat qiluvchilar tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma'lumotlar ko‘rsatilishi;
  • so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma'lumotlarni tasdiqlashning rad etilishi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid