O‘zbekiston | 10:07 / 06.05.2021
44576
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Antirekord yana yangilandi, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 452 kishida koronavirus aniqlangani va O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha kunlik antirekord yana yangilangani haqida xabar berdi.

«2021 yil 5 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93176 (+452) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Bu kunlik kasallanish bo‘yicha 2021 yilning eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bundan avvalgi antirekord 30 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 442 kishida COVID-19dan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 8 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 10 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 9 nafari Xorazm viloyatida,
  • 71 nafari Toshkent viloyatida,
  • 229 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
  • Buxoro viloyatida 2 nafar,
  • Jizzax viloyatida 11 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 184 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 9 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
  • Xorazm viloyatida 3 nafar,
  • Toshkent viloyatida 68 nafar,
  • Toshkent shahrida 144 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88975 (+440) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 657 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3544 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid