Jahon | 20:34 / 08.05.2021
5006
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel Germaniyada koronavirusning uchinchi to‘lqini yakunlanganini ma'lum qildi

Germaniyada koronavirus yuqtirish holatlari soni kamayishda davom etmoqda.

Foto: Getty Images

Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakat koronavirusning uchinchi to‘lqinini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lganini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralari qisman yumshatilishi mumkin.

Morgenpost nashrining xabar berishicha, Germaniyada koronavirus yuqtirish holatlari soni kamayishda davom etmoqda.

Shuningdek, Merkel Yevroittifoqda foydalanishga ruxsat berilmagan vaksinalar masalasiga ham oydinlik kiritish zarurligini qayd etdi. Hozirda Germaniya Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini ma'qullash tarafdori, vaksina ayni paytda Yevropa dori vositalari agentligi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. 

3 may kuni Germaniya hukumati koronavirusga qarshi emlanganlar uchun karantinni yengillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Bild nashrining yozishicha, emlangan va koronavirusdan sog‘aygan fuqarolar muassasa va do‘konlarga borishi, xorijiy mamlakatlardan qaytib kelganidan so‘ng karantinga olinmasligi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid