Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Rahmon Rossiyadagi mehnat migrantlari borasida fikr almashdi
Moskvada Rossiya va Tojikiston prezidentlari Vladimir Putin va Imomali Rahmon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
«Mehnat migrantlari muhim masala. Bu Tojikiston uchun nozik masala ekanini bilaman. Biz odamlar o‘zlarini qulay his qilishlari uchun barcha narsani qilmoqdamiz, ayniqsa, bizda hozirda iqtisodiyotning qator sohalarida ishchi kuchi yetishmayapti»,— dedi Putin.
Xabarda aytilishicha, shuningdek, Rossiya prezidenti koronavirus pandemiyasi sababli ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar almashuvi hajmi kamayganini qayd etdi.
O‘tgan yili pandemiya sababli Rossiyani tark etgan va qaytib kelmagan migrantlar taqchilligi 1,5 mln nafar deb baholangandi. Bu taqchillik qurilish sohasidagi mehnat narxi 30 foizga ko‘tarilishiga olib keldi. Aprelda Kreml Rossiya «ulkan rejalarini amalga oshirishi uchun» migrantlar yetishmayotganini bildirgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026