O‘zbekiston | 09:10 / 08.05.2021
1961
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda harbiy xizmatchilarga zamonaviy maxsus texnikalar topshirildi

Qashqadaryoda harbiy xizmatchilarga zamonaviy maxsus texnikalar topshirilgan. Tadbirda koronavirusdan sog‘ayib ishga qaytgan Zoyir Mirzayev ham ishtirok etgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, kecha, 7 may kuni Qarshi shahrida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri va harbiy qismlarga zamonaviy texnikalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Qayd etilishicha, harbiylarga 116 dona Kamaz 4326 va Kamaz 43118 rusumli zamonaviy, notekis yo‘llardan yura oladigan harbiy avtomobil texnikalari topshirilgan.

Ushbu tadbirda koronavirusdan sog‘ayib ishga qaytgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham ishtirok etgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid