Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev koronavirusdan tuzalgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev koronavirus infeksiyasini yuqtirib, Toşkentda davolanayotgan edi. Ma'lum bölişiça, u soğayib Qarşiga qaytgan.

Qayd etilişiça, Zoyir Mirzayevning ahvoli ança yaxşi. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning xabar berişiça, bugun u 9 may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlarda qatnaşadi va Qarşi şahrida amalga oşirilayotgan obodonlaştiriş işlari bilan tanişadi.