Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati sessiyasida ikki mansabdor qatnashmagani bo‘yicha izoh berildi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Kun.uz 7 may kuni «Samarqanddagi sessiyada ikki mansabdor qatnashmadi, ammo deputatlar ularning «hisoboti»ni tasdiqlashdi. Nega?» sarlavhali xabar e'lon qilgan edi.
Unda 7 may kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining XXX sessiyasi haqida so‘z borgan.
Sessiyaning ayrim ishtirokchilari taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Akmal Shukurovning «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bo‘yicha hisoboti eshitilishi kerak bo‘lgan. Ammo hokim o‘rinbosari sessiyada ishtirok etmay, uning hisoboti matni deputatlarga tarqatilgan.
Shuningdek, viloyat prokurori, 2-sektor rahbari Ravshan Masharipovning hisoboti ham kun tartibiga kiritilib, garchi u sessiyada ishtirok etmagan bo‘lsa-da, hisobot qabul qilingani xabar qilingan.
Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Manuchehr Mirzayev holat yuzasidan quyidagilarni bildirdi:
«Haqiqatan ham sessiyada yuqorida tilga olingan ikki rahbar ishtirok etmagan. Ammo viloyat hokimi o‘rinbosari A.Shukurovning hisoboti keyingi sessiyaga qoldirilgan. U shuning uchun taklif etilmagan bo‘lib, bu haqda deputatlar bir kun oldin xabardor qilingan.
Mazkur sessiyada viloyat prokurori prokuror sifatida hisobot berishi emas, balki sektor rahbari sifatida sektorning ikkinchi yarim yillikdagi yo‘l xaritasini tasdiqlashi masalasi ko‘zda tutilgan bo‘lgan. Shu sababdan sessiyada yo‘l xarita bo‘yicha deputatlarning savoliga javob berish uchun 2-sektorning kotibi qatnashganini ma'lum qilamiz».
Mavzuga oid
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
17:53 / 25.11.2025
Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
14:21 / 25.11.2025