O‘zbekiston | 10:14 / 09.05.2021
22777
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 3,7 mingga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda yana 400dan ortiq yangi kasallanish holati qayd etilib, pandemiya boshidan buyon qayd etilgan holatlar soni 94 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 8 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 94397 (+419) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 81 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 11 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 15 nafari Xorazm viloyatida,
  • 72 nafari Toshkent viloyatida,
  • 192 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Samarqand viloyatida 61 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 19 nafar,
  • Xorazm viloyatida 17 nafar,
  • Toshkent viloyatida 49 nafar,
  • Toshkent shahrida 176 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90053 (+350) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3682 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid