Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda “Spark”ni olib qochgan “shovvoz” ikkita avtomashinaga borib to‘qnashdi
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
“Spark” rusumli avtomashinaning kaliti o‘t oldirish joyida ekanligidan foydalanib, uni olib qochib, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida avtohalokatga uchragan.
5 may kuni soat 18:30 larda muqaddam sudlangan 32 yoshli J.Farrux Izboskan tumani Poytug‘ shahri "Ittifoq" mahallasida joylashgan avtomashinalar turargohida qarovsiz, ochiq holatda qoldirilgan 25 yoshli R.Hayotbekka tegishli “Spark” rusumli avtomashinaning kaliti o‘t oldirish joyida ekanligidan foydalanib, uni olib qochib hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida fuqaro A.Xushnudbekka tegishli “Matiz” va X.Boybekka tegishli “Nexia Dons” rusumli avtomashinalar bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan J.Farruxga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.
Avvalroq, Andijonda fuqaro va YPX xodimi o‘rtasidagi janjal yuzaga kelganligi haqida xabar (https://kun.uz/news/2021/04/12/andijonda-fuqaro-va-ypx-xodimi-ortasidagi-janjalga-rasmiylar-izoh-berdi) bergan edik.
Mavzuga oid
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025
Andijonda 3 kilogrammga yaqin «gashish» bilan qo‘lga tushgan jinoiy guruh fosh etildi
21:59 / 09.12.2025