Miya qarishini sekinlashtirishning yetti usuli ma'lum qilindi
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, miya qarishiga nafaqat irsiyat, balki turmush tarzi ham ta'sir ko‘rsatadi.
Shvetsiyaning Svenska Dagbladet gazetasi ilmiy tavsiyalar asosida miya qarishini sekinlashtirishning yetti usulini ma'lum qildi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, miya qarishiga nafaqat irsiyat, balki turmush tarzi ham ta'sir ko‘rsatadi.
Olimlar birinchi navbatda ko‘proq harakat qilishga chaqirishmoqda. Qayd etilishicha, jismoniy faollik miya uchun foydali.
Miya umrini uzaytirish uchun sog‘lom uyqu ham lozim. Tavsiya etilishicha, sutkasiga yetti soatdan kam uxlamaslik kerak. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, kam uxlash 50–60 yoshlilarda miya qarishi xavfini oshiradi.
Shuningdek, yaxshi ovqatlanish ham muhim o‘rin tutadi. Karolina instituti professori May-Lis Helennius sabzavot, mevalar, ko‘kat, dukkaklilar, yong‘oq, sitrus, zaytun moyi va baliqni ko‘p iste'mol qilishni tavsiya etadi.
Bundan tashqari, mutaxassislar ortiqcha vazndan qutulishni maslahat berishgan.
Shuningdek, ichak mikroflorasi to‘g‘risida ham qayg‘urish darkor. Nashrning yozishicha, miya va qorin bo‘shlig‘i orasida doimiy aloqa mavjud. Aniqlik kiritilishicha, ruhiy sog‘lom bo‘lish uchun zarur bo‘lgan serotonin gormonining 90 foizi ichakda va o‘n foizi miyada ishlab chiqariladi.
Shu bilan birga, oila a'zolari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish muhim hisoblanadi, chunki miya sog‘lomligiga oiladagi yaxshi muhit ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Olimlar, shuningdek, butun umr davomida yangi narsalarni o‘rganishga intilish kerakligini ta'kidlashgan, chunki bu miyada yangi hujayralar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Mavzuga oid
23:55 / 26.11.2024
Dunyoda OIVga chalinish va undan o‘lim 12 yil ichida keskin kamaydi - tadqiqot
21:24 / 23.11.2024
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
15:25 / 21.11.2024
Hatto sport yordam bermasligi mumkin: uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshirishi aniqlandi
17:32 / 18.11.2024