Jahon | 16:42 / 12.05.2021
2235
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada ommaviy tadbirlar uchun COVID-pasportlar joriy etish ma'qullandi

Mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning so‘zlariga ko‘ra, "salomatlik pasporti" raqamli yoki qog‘oz shaklida bo‘ladi hamda u mingdan ortiq odamlar ishtirokidagi tadbirlarda qatnashish imkonini beradi.

Foto: EPA

Fransiya parlamenti quyi palatasi sport tadbirlari, festivallar va tematik parklarga borish imkoniyatini beruvchi COVID-pasportlar joriy etilishini ma'qulladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Hujjat 9 iyundan kuchga kiradi va shaxsning koronavirusga qarshi emlangani, PZR testi manfiy chiqqani yoki koronavirusdan sog‘ayganini tasdiqlaydi.

Kecha quyi palata dastlab fuqaro erkinliklariga daxl qilishi mumkinligidan xavfsirab taklifni rad etgandi. Ammo bugun ikkinchi o‘qishdan so‘ng bunday pasportlar joriy etilishi ma'qullandi.

Mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning so‘zlariga ko‘ra, "salomatlik pasporti" raqamli yoki qog‘oz shaklida bo‘ladi hamda u mingdan ortiq odamlar ishtirokidagi tadbirlarda qatnashish imkonini beradi. Shu bilan birga, pasportdan restoran va kinoteatrlarga borish yoki jamoat transportida foydalanilmaydi.

Endi COVID-pasportlar loyihasini Senat tasdiqlashi lozim.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid