Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik shifokorlar hukumatni Tokio Olimpiadasini bekor qilishga chaqirdi
Bundan tashqari, Yaponiyada Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiya 351 mingta ovoz to‘pladi.
Yaponiya shifokorlar kasaba uyushmasi hukumatni Tokiodagi Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlarini bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Kasaba uyushmasi a'zolari Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligiga maktub yo‘lladi va uni mamlakat bosh vaziri Yosixide Sugega yetkazishni so‘radi. Shifokorlarning fikricha, o‘n minglab sportchilar va ularning hamrohlari COVID-19 bilan kasallanish xavfini oshiradi.
"O‘yinlarga butun dunyodan o‘n minglab sportchilar, murabbiylar va jurnalistlar keladi. Shu bois Olimpiada o‘yinlarini xavfsiz o‘tkazish imkonsiz. Biz bunga mutlaqo qarshimiz", - dedi shifokorlar milliy ittifoqi rahbari Naoto Ueyama.
Bundan tashqari, Yaponiyada Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiya 351 mingta ovoz to‘pladi. Petitsiya Tokio gubernatori Yuriko Koike, Yaponiya hukumati, Olimpiada o‘yinlari tashkilotchilari, Xalqaro olimpiya va paralimpiya qo‘mitalariga yuborildi.
Worldometers sayti ma'lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada COVID-19 yuqtirganlar soni 658,6 mingdan oshgan, 11,1 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Yozgi Olimpiada o‘yinlari pandemiya sababli 2020 yildan 2021 yilga ko‘chirilgandi.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026