Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qondagi onkologiya shifoxonasi kapital rekonstruksiya qilinadi
Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov, sektor rahbarlari, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husanjon Mamajonov va boshqa mutasaddilar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazi Qo‘qon filialida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Shahar hokimi bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, suhbatlashdi. Shikoyatlar bilan qiziqdi. M.Usmonov shifoxonani zarur tibbiy texnik uskunalar va jihozlar bilan ta'minlash, shifoxona binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berdi.

Hozirda Respublika radiologiya va onkologiya markazi Qo‘qon shahar filialida Qo‘qon shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shifoxonadagi palatalarga sun'iy nafas olish uskunalari, 20 ta funksional yotoqlar, 20 ta tumbochka, 2 ta muzlatgich keltirib, o‘rnatilgan.


Ma'lum qilinishicha, ayni paytda shifoxonani kapital rekonstruksiya qilish loyihasi ishlab chiqilmoqda. Hokim shifoxonaga ventilyator va konditsionerlar ham keltirib berishga va'da bergan.

Avvalroq, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘onadagi onkologiya shifoxonalariga 1,3 milliard so‘mlik tibbiyot jihozlarini topshirganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
18:36 / 11.06.2026
Prezident onkologik va gematologik yordam tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi
08:26 / 03.06.2026
Qo‘qonda yirik miqdordagi gashish va «Regapen» musodara qilindi
13:47 / 04.04.2026
Qo‘qonda bank xodimining qotilligi: jinoyat qanday ro‘y bergan?
08:40 / 17.02.2026