Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azo sektoridagi 38 ming falastinlik vaqtincha boshpana so‘radi
BMTning falastinlik qochqinlarga yordam berish bo‘yicha Yaqin Sharqdagi agentligi 38 ming falastinlikdan yordam ko‘rsatilishi haqida murojaat oldi. Isroilning zarbalari sababli G‘azo sektorining chegaraoldi hududlaridan qochayotgan falastinliklar vaqtinchalik boshpana berilishini so‘rashmoqda.
Agentlikning G‘azodagi vakili Adnan Abu Hasnaning ta'kidlashicha, G‘azodagi vayrongarchiliklar ko‘lami juda keng. Agentlik vaziyat yanada keskinlashishi holatiga G‘azo sektorida 50ta boshpana ochish bo‘yicha reja ishlab chiqqan. Avvalroq G‘azo sektorining Isroil bilan chegaradosh hududlaridagi aholi Isroilning quruqlikdagi harbiy amaliyotidan xavfsirab, o‘z uylarini tark etayotgani va sektor ichkarisiga ketayotgani ma'lum qilingan.
Isroil va G‘azo sektori o‘rtasida 2014 yildan beri eng kuchli qarama-qarshilik 10 may kuni boshlandi. Isroil harbiy aviatsiyasi G‘azo sektoridagi mingdan ortiq obektga zarba berdi. Zarbalar oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 200dan oshib ketdi. O‘z navbatida, HAMAS Isroil hududlarini raketalar bilan o‘qqa tutmoqda. Isroil tomonining ma'lum qilishicha, HAMAS mamlakatga 3 mingdan ko‘proq raketa otgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, zarbalar davomida Isroil tomonidan 10 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:07 / 04.10.2025
HAMAS G‘azodagi barcha garovga olinganlarni ozod etishga tayyorligini ma’lum qildi
10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi
12:12 / 04.03.2025
Isroil: G‘azoda bir necha oyga yetadigan oziq-ovqat bor
21:41 / 18.02.2025