Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yana bir masjidning yangi binosi quriladi
Samarqand viloyati Nurobod tumani markazidagi masjidning yangi binosi qurilishi boshlangan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Nurobod tumani markazidagi «Hazrati Ali» jome masjidi yangi binosining qurilishi boshlangan. Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov bir guruh imom-xatiblar bilan Nurobodda bo‘lib, masjid qurilishiga oq fotiha berib duolar qilgan.

Ma'lumot uchun, «Hazrati Ali» jome masjidining qurilish hujjatlari tayyorlangan bo‘lib, unga ko‘ra, masjidda bir vaqtning o‘zida 4 ming nafar namozxon ibodatini ado eta oladi.
Ta'kidlanishicha, masjid bir yil davomida qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026