O‘zbekistonda bir yil ichida qurilish korxonalari soni 11 foizga o‘sdi
Statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 may holatiga ko‘ra O‘zbkistonda jami 42 782 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda, Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 11 foizga ko‘proq degani..
Stat.uz e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda qurilish korxonalari soni o‘tgan yilga nisbatan 4 924taga yoki 11 foizga ko‘paygan.
Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, eng ko‘p qurilish korxonalari Toshkent shahrida ( 8 339 ta), eng kam korxonalar esa Sirdaryo viloyati ( 1 570 ta)da joylashgan.
Bundan tashqari, boshqa hududlarda qurilish korxonalari soni quyidagicha:
- Farg‘ona viloyati – 3 385 ta
- Qashqadaryo viloyati – 3 376 ta
- Andijon viloyati – 3 218 ta
- Samarqand viloyati – 3 197 ta
- Buxoro viloyati – 2 843 ta
- Surxondaryo viloyati – 2 654 ta
- Namangan viloyati – 2 414 ta
- Qoraqalpog‘iston R. – 2 391 ta
- Jizzax viloyati – 2 081 ta
- Xorazm viloyati – 2 010 ta
- Navoiy viloyati – 1 593 ta
Avvalroq, joriy yilning dastlabki ikki oyida 1 251ta qurilish korxonasi yangi tashkil etilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:30 / 20.10.2024
2024 yil 9 oyda metroda qancha yo‘lovchi tashilgani ma’lum qilindi
13:47 / 19.10.2024
O‘zbekistonda 9 oyda qariyb 300 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi
11:04 / 13.10.2024
O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga nechta avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi
07:30 / 12.10.2024