O‘zbekiston | 07:43 / 20.05.2021
3003
1 daqiqa o‘qiladi

20 may kuni O‘zbekistonda havo quruq, kam bulutli bo‘ladi 

20 mayda kunduz kuni O‘zbekistonda havo quruq, kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 30-35 daraja issiqni, janubda va cho‘l hududlarda 38 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-34 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid