O‘zbekiston | 07:44 / 21.05.2021
2214
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda quruq, kam bulutli ob-havo saqlanib turadi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quruq, kam bulutli ob-havo bo‘lishi saqlanib turadi, faqat kechga tomon Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishi hisobiga ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-32 daraja issiq, janubda va cho‘l hududlarida 38 daraja issiq bo‘ladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-32 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid