O‘zbekiston | 13:35 / 21.05.2021
4963
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda tank yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida harbiy texnika yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 20 may kuni 11:30larda davlat ahamiyatidagi 4-R-46 avtomobil yo‘lining Past Parg‘om tumani hududidan o‘tuvchi 15-kilometrida tank yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Harbiy avtomobil nazorati xodimlari kuzatuvi ostida harakatlanib kelayotgan harbiy texnikalar kolonnasida bo‘lgan tanklardan birining haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda, tank yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, uning ustiga chiqib ketgan. 

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Tankka biroz shikast yetgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid