Jahon | 17:17 / 22.05.2021
7375
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha Turkiyadan Bayraktar dronlarini sotib oladi

Dronlarni sotib olish bo‘yicha kelishuv Polsha prezidenti Anjyey Dudaning dushanba kuni Turkiyaga amalga oshiradigan tashrifi davomida imzolanadi.

Foto: AP

Polsha Turkiyadan tankka qarshi raketalar bilan qurollangan 24 dona uchuvchisiz boshqariladigan qurilma (dron) sotib olishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Mariush Blashchak Polsha radiosi efirida ma'lum qildi.

"Bular Bayraktar dronlari", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu dronlar "Yevropa sharqida o‘zini ko‘rsatgan va Yaqin Sharqda foydalanilmoqda".

"Polsha qurolli kuchlarida ilgari hech qachon bo‘lmagan, sinovdan o‘tgan, samarali, tajovuzkorlarni qo‘rquvga soluvchi qurol paydo bo‘ladi", - deb ta'kidladi Blashchak.

Ma'lumot berilishicha, dronlarni sotib olish bo‘yicha kelishuv Polsha prezidenti Anjyey Dudaning dushanba kuni Turkiyaga amalga oshiradigan tashrifi davomida imzolanadi.

Bayraktar TB2 – harakat radiusi 150 km, kreyser tezligi 130 km/s va 50 kilogacha foydali yuk tashuvchi dron hisoblanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid