Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda O‘zbekistonda Turkiya ishtirokida 164ta korxona tashkil etildi
2021 yilning yanvar-aprel oylarida Turkiya ishtirokida 164ta, Rossiya ishtirokida 119ta, Qozog‘iston ishtirokida 78ta korxona tashkil etildi.
2021 yil 1 may holati bo‘yicha O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13 mingtani tashkil etib, ulardan 12,5 mingtasi faoliyat yuritmoqda.
Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 557taga oshgan.
Ayni paytda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni:
- Rossiya – 2 199ta,
- Xitoy – 1 867ta,
- Turkiya – 1 714ta,
- Qozog‘iston – 991ta,
- Koreya – 894ta.
Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida 2021 yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni quyidagicha:
- Turkiya – 164ta,
- Rossiya – 119ta,
- Xitoy – 94ta,
- Qozog‘iston – 78ta,
- Koreya – 28ta.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026