Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda chegaradagi qishloqlar fuqarolariga qurol berish taklif qilindi
Qayd etilishicha, qurolni faqat «chegara oldida yashovchi vakolatli shaxs» maqomiga ega fuqarolar olishi mumkin. Fuqarolarga ushbu maqom davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Qirg‘izistonda «Chegaraoldi vakolatli shaxslari» to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha loyiha parlament muhokamasiga kiritildi, deb xabar bermoqda Kloop nashri.
O‘zgartirishga ko‘ra, Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegaraoldi hududlarida yashovchi fuqarolarga o‘qotar va jangovar qurol berishi mumkin bo‘ladi.
Hujjatda aytilishicha, qurolni faqat «chegara oldida yashovchi vakolatli shaxs» maqomiga ega fuqarolar olishi mumkin. Fuqarolarga ushbu maqom xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Hozirda amaldagi qoidalarda «chegara oldida yashovchi vakolatli shaxslar»ga qurol berish ko‘zda tutilmagan. Fuqarolar davlat chegarasini qo‘riqlashda chegarachilarga yordam berish uchun jalb etilishi mumkin xolos.
Avvalroq Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Feliks Qulov chegaraoldi hududlarida yashovchi aholiga qurolga ega bo‘lish imkonini berish masalasini ko‘targandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
18:14 / 28.05.2026