Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro islom akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi
Muzaffar Komilovga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hukumatning 2021 yil 25 may kungi 323-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilovga Xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarish yuklatildi.
Muzaffar Komilov ilgari Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida boshqarma boshlig‘i, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan. U Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 apreldagi qaroriga muvofiq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
2019 yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Rustam Qosimov rektorlik qilib kelayotgandi. U 2021 yil 7 may kuni vafot etdi.
Avvalroq, Shoazim Minovarov O‘zbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:40 / 16.03.2026
Muzaffar Komilov Prezident administratsiyasida yangi lavozimga tayinlandi
21:13 / 30.07.2025
Prezident administratsiyasida tayinlovlar amalga oshirildi
20:50 / 05.12.2024
Muzaffar Komilov Xalqaro islom akademiyasi rektori etib tayinlandi
09:38 / 23.11.2022