Özbekiston prezidenti farmoni bilan davlat rahbarining jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi tayinlandi.
Hujjatga köra, Şoazim Minovarov Özbekiston prezidentining jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida iş boşladi.
Şoazim Minovarov 1951 yil tuğilgan. 1997 yil 27 iyundan 2006 yil 1 avgustgaça Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari, raisi bölgan. 2006 yil 1 avgustdan 1 dekabrigaça - Özbekiston prezidentining davlat maslahatçisi, 2006 yil 1 dekabrdan 2008 yil 28 iyungaça - Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari.
U 2008-2012 yillarda Özbekistonning Misrdagi elçisi bölgan, 2013 yilda pensiyaga çiqarilgan. 2015 yil aprel oyidan 2017 yil iyul oyigaça Toşkentdagi Fransuz alyansi raisi bölgan. 2017 yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasi huzurida taşkil etilgan Islom madaniyati markazining direktori etib tayinlangan. Fransiyaning «Xizmatlari uçun» (01.2017 y.), Özbekiston Respublikasining «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (28.08.2020).
Ma'lumot uçun, Özbekiston prezidentining Jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça davlat maslahatçisi Rustam Qosimov 2021 yil 7 may kuni olamdan ötdi. U 2018 yilda prezidentning jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida iş boşlagandi, 2019 yildan buyon Özbekiston xalqaro islom akademiyasiga ham rektorlik qilib kelayotgandi.












