Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 apreldagi qaroriga muvofiq Muzaffar Muratoviç Kamilov Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari etib, Nuriyman Abdurahim Abulhasan qömita raisining örinbosari etib tayinlandi.
Adliya vazirligi matbuot xizmati ma'lumotiga köra, Muzaffar Kamilov ilgari Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida boşqarma boşliği, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Nuriyman Abdulhasan Diniy-ijtimoiy jarayonlarni örganiş axborot-tahlil markaziga direktorlik qiladi. U 1994 yilda Toşkent islom institutini (oliy ma'had), 1997 yilda Misr Al Azhar universitetini tamomlagan bölib, ilgari Din işlari böyiça qömita, Prezident devonining Millatlararo va din masalalari böyiça xizmatida va Içki işlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.
Ma'lumotlarga köra, u islom dini sohasida mintaqadagi yetuk mutaxassislardan biri hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, bugun bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita yiğilişida 2003 yildan buyon qömita raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Ortiqbek Yusupov lavozimidan ozod etildi va uning örniga Jasur Akromov qömitaning yangi raisi etib tayinlandi.
Ma'lumot uçun, Hukumat tomonidan 2004 yil 23 apreldagi 196-son qaror bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita töğrisidagi nizomga muvofiq, Qömita har bir şaxsning vijdon va diniy e'tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bölgan munosabatidan qat'i nazar tengligini ta'minlaş, şuningdek diniy taşkilotlar faoliyati bilan boğliq munosabatlarni tartibga soliş sohasidagi vazifalarni hal etiş vakolati berilgan davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.












