Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi AQSh «qora ro‘yxati»dan chiqarildi
Kolumbiya okrugi sudining yakuniy qarori bilan Xiaomi kompaniyasiga nisbatan kiritilgan cheklovlar rasman olib tashlangan.
AQSh sudi Pentagonning Xiaomi kompaniyasini «Xitoy harbiy korxonalari» ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qarorini asossiz deb topdi.
Xabar qilinishicha, Kolumbiya okrugi sudining yakuniy qarori bilan Xiaomi kompaniyasiga nisbatan kiritilgan cheklovlar rasman olib tashlangan.
O‘tgan yil noyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika kompaniyalari va xususiy investorlariga Xitoyning 30dan ortiq kompaniyasi aksiyalariga egalik qilishni taqiqlovchi farmonni imzolagandi. Shu yilning yanvarida Xitoyning yana sakkiz kompaniyasi bilan birga Xiaomi ham ro‘yxatga kiritilgan.
Mart oyida Xiaomi Pentagon tuzgan ushbu ro‘yxatdan chiqarilish bo‘yicha sud qaroriga erishdi. Vashington okrug sudi AQSh mudofaa vazirligining kompaniyaga nisbatan qarorini «qo‘pol xato» deb topdi va qaror ijrosini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.
Xiaomi 2010 yilda tashkil etilgan va smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning eng yirik to‘rt kompaniyasidan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
13:50 / 20.01.2026
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026