Jahon | 08:06 / 27.05.2021
9558
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi otishmada 9 kishi halok bo‘ldi

Foto: theepochtimes.com

AQShning San-Xose shahrida (Kaliforniya shtati) VTA temir yo‘l kompaniyasining kasaba uyushmasi uchrashuvida bir erkak otishma uyushtirdi. Buning oqibatida 9 kishi, jumladan, erkakning o‘zi ham halok bo‘lgan. U jinoyat sodir etgach, o‘z joniga qasd qilgan.

Los Angeles Times nashrining xabar berishicha, erkak otishmadan biroz oldin o‘z uyiga o‘t qo‘ygan.

Santa-Klara okrugi sherifi Rassel Devisning aytishicha, otishma vaqtida ko‘plab odamlar jabrlangan. Ularning soni aniqlashtirilmoqda. Otishmani sodir etgan erkak 50 yoshda bo‘lgan, uning uyidan bir necha turdagi qurol va o‘q-dori topilgan.

Voqeaning qolgan tafsilotlari hozircha noma'lum.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid